August 13, 2021

Magistratura imtihonlari boshlandi. Ularni onlayn kuzatib borish mumkin.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga magistratura bosqichiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun imtihonlar boshlandi. Magistratura abituriyentlari test sinovlariga faqat fuqarolik pasporti va imtihonda qatnashish uchun maxsus ruxsatnoma bilan kiritilmoqda. Ruxsatnomani http://magistr.edu.uz va http://ruxsatnoma.edu.uz/ manzili orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Barcha karantin talablariga to‘liq rioya qilgan holda, jarayonlarning tartibli va adolatli o‘tishi ta’minlanmoqda. Magistratura imtihonlari 29 ta yoʻnalishda bo'lib o'tadi. Ushbu yo'nalishlarga 2451 ta nafarga yaqin abituriyent ro’yxatdan o’tgan.

Imtihonlari 13-18 avgust kunlari Chilonzor tumanida joylashgan universitetning Bosh binosida boʻlib oʻtadi.

Imtihonlar oʻtkazilishidan oldin abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish vaqtida koʻrsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilildi. Shuningdek, universitetning Call-markazi orqali ularga imtihon oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti maʼlum qilingan.

Xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bir imtihon oʻtkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini https://imtihon.edu.uz/Toshkent/25 havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Magistraturaga imtihon topshirayotgan abituriyentlar tibbiy niqob, qo‘lqop, shuningdek, ruchka, qadoqlangan suv bilan ham ta'minlanmoqda. Universitet ijtimoiy tarmoq sahifalari va maxsus telegram botlar yordamida magistratura bosqichi abituriyentlarini qiziqtirgan savollarga javob berib borilmoqda.