November 13, 2020

TDPUning "Ziyo" jamoasi “Talabalar teatr studiyalari” festivalining yarim final bosqichida 1-o'rinni egallashdi

Teatr ko'zgu emas, balki shisha degandi bir faylasuf. Odamlar teatrga aktyorlarning ko'z yoshlarini ko'rish uchun emas, balki o'z ko'z yoshlarini his qilish uchun borishadi. Ham tana va ham qalbga og'ir ma'suliyat yuklovchi bu san'at turi bilan shug'ullanish har kimning ham qo'lidan kelmasligi ayni haqiqat.

Toshkent davlat pedagogika universitetining bir qator iqtidorli talabalari bugun ushbu san'at shinavandalarini o'z chiqishlari bilan lol qoldirishdi.

OTMlarning talaba-yoshlari o'rtasida o'tkaziluvchi “Talabalar teatr studiyalari” festivalining navbatdagi mintaqaviy saralash bosqichi bugun, (yarim final) O`zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo'lib o'tdi. TDPUning "Ziyo" jamoasi ushbu bosqichda a'lo darajada ishtirok etishdi.

Bundan avvalgi chorak final bahslarida ham "Eng yaxshi spektakl" yo'nalishi bo'yicha birinchilikni qo'lga kiritgan universitetimizning "Ziyo" jamoasi, ushbu bosqich bahslarida ham 1-o'rinni qo'lga kiritib, final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Qadrli "Ziyo" jamoasi a'zolari sizni butun universitet nomidan tabriklaymiz va minnatdorchilik bildiramiz. Final bosqichida ham oliy o'rinni qo'lga kiritishingizga tilakdoshmiz.

Odam bolasi qalbiga titroq sola olish, o'z san'ati bilan jamiyatni yaxshilikka chorlay olish - bu haqiqiy mo'jiza. Sizning ijroingizda yana ko'plab mo'jizalarni ko'ramiz deb umid qilib qolamiz. Siz bizning faxrimizsiz!