Xabaringiz bor, Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali tashkil etildi. Oliy ta’lim muassaslari orasida birinchilardan boʻlib Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida talabalar, bitiruvchilar va mahalla yoshlari uchun “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivalini tashkil etdi.
Yangi O'zbekiston uchun yangi o'quv darsliklari ustida ish olib borgan Respublika ta'lim markazi, bu ishda xayrixoh va qo'llab-quvvatlovchi bo'lgan barcha hamkorlarga xususan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati va fidoyi o'qituvchilariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.
Barchamizga ma'lumki, Prezidentimiz raisligida 2020-yil 30-oktabr kuni mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish ilm-fan sohasini rivojlantirishning ustuvor masalalari belgilab berilgandi.
Bugun 25-may kuni mamlakatimizdagi barcha maktablarda oʻquv yili yakunlanib, “soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari tashkil etilib, bitiruvchilarga oq yoʻl tilanmoqda.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida voleybol sport turi bo'yicha "Rektor kubogi"ga start berildi.
Joriy yilning 12-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab, Harbiy ta’lim fakulteti 4-bosqich talabalarining Vatanga qasamyod keltirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 29-dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida 2021 yil - “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi. Bu esa aholining salomatligi eng birlamchi vazifa ekanligini, shu bilan birga mamlakatimizda yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash va ularni qo’llab-quvvatlash – eng ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligini anglatadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Esports Uzbekistan, Full Level Esports hamda UZREPORT va FUTBOL TV telekanallari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan «Yangi yilga sport bilan!” shiori ostidagi yangi mega loyiha – ommaviy sport festivalida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etdilar.
Teatr ko'zgu emas, balki shisha degandi bir faylasuf. Odamlar teatrga aktyorlarning ko'z yoshlarini ko'rish uchun emas, balki o'z ko'z yoshlarini his qilish uchun borishadi. Ham tana va ham qalbga og'ir ma'suliyat yuklovchi bu san'at turi bilan shug'ullanish har kimning ham qo'lidan kelmasligi ayni haqiqat. Toshkent davlat pedagogika universitetining bir qator iqtidorli talabalari bugun ushbu san'at shinavandalarini o'z chiqishlari bilan lol qoldirishdi.
Qachonlardir yurtimizning eng chekka hududlaridagi yoshlar o‘z qishlog‘iga, o‘z uylariga o‘zlari tahsil olayotgan universitet rektori kelishini tasavvur qila olisharmidi? Yoki ushbu holat biror yosh hayotida bo‘lganmi? Ushbu savollarga javob topish qiyin. Hozir Yangi O‘zbekistonda yangicha dunyoqarash, yangicha fikrlaydigan yoshlar va ularga imkoniyat yaratuvchi rahbarlar bor. Yurtimiz imkoniyatlar mamlakati. Ushbu imkoniyatlar sari olg‘a qadam tashlash yoshlarning asosiy vazifasi. Yangilikka intilish kerak, yangilikni yaratish kerak. Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Shunday tadbirdar Surxondaryo viloyatida ham tashkil etilib, bunda Respublika...