Xalqaro universitet sporti kuni
2016-yildan buyon har yili o'tkazib kelinadigan an'ana - 20 sentyabr - Xalqaro universitet sporti kunidir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti (YUNESKO) tomonidan rasmiy ravishda e'lon qilingan ushbu bayram universitetlar va ularning mahalliy jamoalari o'rtasida yetakchi rol o'ynaydigan sport, jismoniy mashqlar va sog'lom turmush bilan bog'liq aloqalarni kuchaytirishga yordam beradi.
YUNESKO va Xalqaro talabalar sport federatsiyasi tomonidan nishonlanadigan Xalqaro universitet sporti kuni o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi muloqotning markaziga sportni qo'yib, ushbu qadriyatlarni yosh kattalar, yoshlar orasida va ular orqali butun jamiyatda targ'ib qilishga qaratilgan.
Ushbu kun TDPU nafaqat o'z sport musobaqalarini targ'ib qilish, balki universitet sporti bo'yicha hamkorliklarni kuchaytirish va sog'lom turmush tarzi qadriyatlarini targ'ib qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Pandemiya sharoitida, ushbu kunni amaliy bayram sifatida nishonlash, keng miqyosli sport musobaqalarini o'tkazishning hozircha imkoni yo'q. Ammo vaziyat yaxshilangach, pandemiya orqaga chekinib barcha sohalar kabi oliy ta'lim ham o'z yo'liga tushib olishi bilan bunday tadbirlarni, xususan Xalqaro universitet sporti kunini keng miqyosida, ko'tarinki ruhda nishonlaymiz, bir-biridan qiziqarli bo'lgan sport musobaqalarini tashkillashtiramiz.
Toshkent davlat pedagogika universitetida ko'plab respublika, qit'a va jahon miqyosidagi sport chempionatlari, musobaqalarining g'oliblari, professional sport ustalari tahsil olishadi.
Masalan:
1.Jumanova Iroda Shokirjon qizi - Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi (“Yil talabalsi 2019” OTM o‘rtasidagi Respublika ko‘rik-tanlovida sportning “kurash” turi buyicha 3-o‘rini qo‘lga kiritgan)
2. Sobitov Kamron Obid o‘g‘li - Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi (O‘zbekiston ochiq kubogi sportning “triatlon” turi bo‘yicha 1-o‘rin sohibi . 26.03.2017 yil)
3. Masharipov Aziz Ravshan o‘g‘li - Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi (O‘zbekiston ochiq kubogi, Namangan shahar birinchiligi, sportning “velosport” turi bo'yicha g'olibi . 2016 yil.)
4. Pozilxo‘jayev Ubaydullox Ikromxo‘ja o‘g‘li - Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi (O‘zbekiston chempionati sportning “kurash” turi bo‘yicha 1 o‘rin. Toshkent viloyati 16-19 may 2018 yil.)
5. Yunusova Kamola Alisher qizi - Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi (O‘zbekiston kuboki sportning “o‘q otish” turi bo‘yicha 1-o‘rin. Samarqand shahri 12-17 noyabr 2018 yil. )
6. Lebed Anastasiya Petrovna - Innovatsion pedagogika yo‘nalishi talabasi (Ayollar o‘rtasida Sport akrobatikasi turi bo‘yicha 2019 yil 10-12 oktyabr kunlarida bo‘lib o‘tgan XI - Osiyo chempionatining faxrli 2-o‘rin sovrindori. Ikki karra Osiyo chempionatlari sovrindori.)
Bu ro'yxatni yana uzoq davom ettirishimiz mumkin. Bunday bo'lajak mutaxassislar jamiyatga nafaqat pedagog sifatida, balki sog'lom turmush tarzini jamiyatda targ'ib etuvchi barkamol shaxslar bo'lishadi.
Ta'lim va sport doimo yonma-yon turuvchi tushunchalardir. Ta'lim va sport bizning jamiyat asosini tashkil qilishi kerak. Shundagina oldimizga qo'ygan marralarga bugun yetishishimiz mumkin bo'ladi.