December 30, 2020

TDPU talabalari «Yangi yilga sport bilan!” festivalida futbol va yengil atletika bo'yicha 1-o'rinni qo'lga kiritdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Esports Uzbekistan, Full Level Esports hamda UZREPORT va FUTBOL TV telekanallari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan «Yangi yilga sport bilan!” shiori ostidagi yangi mega loyiha – ommaviy sport festivalida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etdilar.

Universitetimizning Boshlang’ich ta’lim fakulteti Jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti B.Nigmanov boshchiligidagi universitet futbol jamoasi faxrli 1-o’rinni va Jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi J.Eshpulatov boshchiligida yengil atletika jamoa a’zolaridan M.Yaxshiboyev 60 metr, 100 metr va 600 metr masofalarda faxrli 1-o’rinni va S.Sultonbekov 600 metr masofaga yugurish bo'yicha 3-o’rinlarni qo’lga kiritdilar.

Yangi yilga yaxshi kayfiyat ulashgan universitetimiz talabalari va sport jamoasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ajoyib g'alaba bilan g'oliblarni chin yurakdan tabriklaymiz!