TDPUga qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan xotin-qizlarni talaba bo'lganliklari bilan tabriklaymiz
Xotin-qizlar har qanday jamiyatning eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Chunki yosh avlod ta'lim-tarbiyasi nisbatan ko'proq shu xilqatning salohiyati va bilimiga bog'liq. So'nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, iqtidorli ayollarni qo'llab-quvvatlash maqsadida juda ko'p islohotlar amalga oshirildi.
Shunday islohotlardan biri - Xotin-qizlarga qo‘shimcha davlat granti asosida oliy ta'lim muassasalariga kvota ajratilishini faxr bilan ta'kidlashimiz mumkin. Hukumatning ushbu qaroriga asosan, kam ta'minlangan, ota-onasi vafot etgan, beva ayol farzandi bo'lgan, jismoniy imkoniyati cheklangan, doimiy uy-joyiga ega bo'lmagan oilalarda yashayotgan, oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi past bo'lgan hududlarda yashovchi xotin-qizlarga tanlov asosida oliy ta'lim muassasalariga kirishda qo'shimcha kvota ajratildi.
Prezidentimizning 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoniga asosan qabul qilingan mazkur qaror - jamiyatimizda xotin-qizlar o'rni va ahamiyatini yana bir bor nechog'lik baland bo'lishi kerakligini ko'rsatib qo'ydi. Yurtboshimiz o'z chiqishlaridan birida - "Chindan ham, qizlarimiz — bizning kelajagimiz, millatimiz genofondini asraydigan, munosib davom ettiradigan insonlardir va ularni jismoniy hamda maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash — ezgu burchimiz." - deya aytgan so'zlari bilan xotin-qizlarimiz baxti va barkamolligi uchun qilishimiz kerak bo'lgan ishlar o'ta muhim ahamiyatga egaligini isbotladi.
Qarorga asosan bu yili Toshkent davlat pedagogika universitetiga, yurtimizning turli hududlaridan quyidagi xotin-qizlar qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilindi:
- Andijon viloyati, Asaka tumani - OLTMISHOVA O‘G‘ILOY AZAMJON QIZI
- Buxoro viloyati, Shofirkon tumani - JALOLOVA DILNOZA SHUHRAT QIZI
- Buxoro viloyati, Peshku tumani - TOSHQULOVA NASIBA YULDOSH QIZI
- Buxoro viloyati, Buxoro tumani - DO‘STMURODOVA MOHINUR NURMUROD QIZI
- Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani - JO‘RAQULOVA MAHLIYO ANORBOY QIZI
- Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani - BOBONAZAROVA DILBAR HABIBULLO QIZI
- Namangan viloyati, Chust tumani - TO‘LAGANOVA MUHLISA SHUKURJON QIZI
- Namangan viloyati, Chust tumani - QAYIMJONOVA GULDONA SHUHRATJON QIZI
- Namangan viloyati, Chust tumani - ABDULLAYEVA YULDUZ SHUKURJON QIZI
- Namangan viloyati, Mingbuloq tumani - MAMASIDIQOVA HAFIZA MASHRABBOY QIZI
- Sirdayo viloyati, Yangiyer shahri - QODIROVA SURAYYO DAVIR QIZI
- Sirdayo viloyati, Yangiyer shahri - TURSUNBOYEVA DILRABO SHERALI QIZI
- Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani - OTAKULOVA NOZIMA JABBOR HIZI
- Sirdayo viloyati, Guliston tumani - KAMOLDINOVA KAMILA ALIDINOVNA
- Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani - ESHALIYEVA CHAROS O‘KTAM QIZI
- Toshkent viloyati, Ohangaron tumani - ABDUVALIYEVA FOTIMA ORIF QIZI
- Toshkent viloyati, Ohangaron tumani - MO‘MINOVA MADINA MAXMUD QIZI
- Toshkent viloyati, Olmaliq shahri - GAPIRJONOVA JASMINA DILSHOD QIZI
- Toshkent viloyati, Olmaliq shahri - KOSTISHINA KRISTINA SERGEYEVNA
- Toshkent viloyati, Angren shahri - MO‘MINOVA DURDONA QOBILJON QIZI
- Toshkent shahri, Sirg'ali tumani - ABDULAZIZOVA MANZURAXON AVAZBEK QIZI
- Toshkent shahri, Olmazor tumani - ERGASHOVA MOHIRA AVAZ QIZI
- Farg'ona viloyati, Buvayda tumani - ORTIQOVA SEVARAXON NORMATJON QIZI
Ayolning oila va jamiyatdagi o'rni yuksak bo'lishi, davlatning xalqaro hamjamiyat orasidagi o'rni yuksak bo'lishiga olib keladi. Millat genofondi va inson kapitaliga tikilgan sarmoya qanchalik katta bo'lmasin, ayol zotiga beriladigan e'tibor va hurmat past bo'lsa, sarmoya behudaga sarflangan bo'ladi. Shunday ekan, eng birinchi o'rinda prezidentimiz rahnamoligida boshlangan xotin-qizlarga bo'lgan e'tiborning davlat siyosati darajasiga olib chiqilishi va bu harakat butun jamiyat a'zolari tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaroriga asosan Toshkent davlat pedagogika universiteti tubdan o'z faoliyatini qayta yo'lga qo'ymoqda. Bunda eng asosiy jihat - barcha xalqaro va milliy sifat standartlariga javob beruvchi zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlash eng asosiy maqsadlarimizdan biridir.
Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining ko'pchilik qismi xotin-qizlardan iborat. Bu esa, respublikamizning turli hududlariga ham sifatli pedagog, ham tajribali ayol shaxsini yetkazishda oliy ta'lim muassasasi o'rni yuksak ekanligining dalilidir.
Yuqorida nomlari keltirilgan, talabalik baxtiga sazovor bo'lgan xotin-qizlarimizni Toshkent davlat pedagogika universitetiga o'qishga, uqishga kirganliklari bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Ayol kishi butun boshli oilada tarbiya topayotgan farzandlarga ma'suldir. Pedagog ayolning yelkasidagi ma'suliyat esa ikki karra muhimroq. Sababi, pedagog ayol nafaqat o'z farzandlari tarbiyasi, balki yuzlab-minglab yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi uchun ham javobgar va ma'suldir.
Alisher Umarov
TDPU rektori