Talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Barchamizga ma'lumki, Prezidentimiz raisligida 2020-yil 30-oktabr kuni mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish ilm-fan sohasini rivojlantirishning ustuvor masalalari belgilab berilgandi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich talim fakulteti hovlisida Toshkent viloyati xalq ta'lim boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yoshlar - bandligini ta’minlash va sifatli ta’lim" shiori ostida universitet bitiruvchilariga va Toshkent viloyati xalq ta'lim hamda maktabgacha talim bo'limi kadrlar bo‘yicha mutaxassislar va maktab direktorlari ishtirokida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkda quyidagi 2 bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqichda Toshkent viloyatida amaliyot o'tayotgan 418-nafar bitiruvchilar va bo'sh ish o'rinlari mavjud 22-tuman(shahar) xalq ta’limi bo'limi kadrlar bo‘yicha mutaxasislar va maktab direktorlari ishtirokida bitiruvchilar yarmarkasi tashkil etildi. O'zaro muloqot jarayonidan so'ng 150 nafar bitiruvchilar va maktab direktorlari o'rtasida mehnat shartnomalari tuzilib bitiruvchilar bandligi ta'minlandi
2-boshqichda bitiruvchi talabalar tomonidan Toshkent viloyati xalq ta'lim boshqarmasi tarkibidagi 22-tuman(shahar) xalq ta’limi bõlimi kadrlar bo‘yicha mutaxasislar va maktab direktorlariga ochiq darslar amalga oshirilib mutaxxasisligi bo'yicha master klasslar o‘tkazildi.
Yakunda Nizomoy nomidagi TDPU rahbariyati hamda Toshkent viloyati xalq ta'lim boshqarmasi hamkorlik ishlarini kelgusi o'quv yillarida ham davom ettirilishi kelishib olndi.