Universitetda tashkil etilgan yoshlar festivalida mahalla yoshlari ishtirok etdi
Xabaringiz bor, Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali tashkil etildi. Oliy ta’lim muassaslari orasida birinchilardan boʻlib Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida talabalar, bitiruvchilar va mahalla yoshlari uchun “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivalini tashkil etdi.
Festivalda universitet rektori, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi oʻrinbosari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Ushbu festival ochiq osmon ostida universitetning markaziy maydonida mingdan ortiq yangilikka intiluvchan va faol yoshlar ishtirokida boshlandi.
Shuningdek, universitet atrofidagi Chilonzor tumanida joylashgan “Bogʻzor”, “Xalqlar doʻstligi”, “Choʻpon-ota” kabi oʻnlab mahallalardan ham uyushmagan mahalla yoshlar ishtirok etdi.
Festival doirasida universitet talabalari tomonidan tayyorlangan ijod na’munalarining namoyishi boʻlib oʻtdi. Hususan, talabalar tomonidan chizilgan rasmlar koʻrgazmasi, hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi hamda “Musiqiy ta’lim” fakulteti talabalari ijrosida koʻngilocha qoʻshiqlar namoyish etildi. Unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida universitet tomonidan 27-iyun Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari taqdirlandi. Festival barchaga koʻtarinkilik va oʻzgacha shukux baxsh etdi.