February 20, 2021

Voleybol bo'yicha "Rektor kubogi" sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida voleybol sport turi bo'yicha "Rektor kubogi"ga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida universitet rektori Alisher Umarov ishtirok etdi.

Rektor kubogi doirasida barcha fakultetlarning dekan va professor-o'qituvchilari o'rtasida 20-fevraldan 1-martga qadar voleybol sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etiladi.

Bugun Tarix hamda Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoalari o'zaro bellashdi. Murosasiz kechgan sport bahsida Pedagogika va psixologiya fakulteti g'olib bo'ldi va keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.