1 va 2-sonli Talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida "Eng mazali salat" tanlovi o‘tkazildi.
👍 Toshkent davlat yuridik universiteti talaba 1 va 2-sonli Talabalr turar joyi qizlari o‘rtasida oshpazlik mahoratini sinovdan o‘tkazish, ijodiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Eng mazali salat” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Tanlovda turli xil talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi qizlar ishtirok etib, o‘zlarining pazandalik borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar.
📊 Qizlar nafaqat mazali va o‘ziga xos salatlar tayyorlashdi, balki ularni chiroyli bezatish, taqdim etish san’atida ham o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Hay’at a’zolari taomlarning mazasi, taqdimoti va bezaklariga alohida e’tibor qaratib, g‘oliblarni aniqlashdi.
🏅 Natijalarga ko‘ra, “Eng mazali salat” nominatsiyasida 2-sonli Talabalar turar joyi Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti qizlari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Ular tayyorlagan salat ta’mi va tarkibining uyg‘unligi hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
🤝 Tadbir iliq va samimiy muhitda o‘tib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, pazandalik sirlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi. Bunday tanlovlar nafaqat talaba qizlarning ijodiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki ular orasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.