Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti
@tdyu_xalqaro
10 posts

"TALABALAR LIGASI": MINI FUTBOL BAHSLARIDA DO‘STLIK VA RAQOBAT UYG‘UNLASHDI

📆 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashabbusi bilan talabalar turar joyida "Talabalar ligasi" nomi ostida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport tadbiri fakultet yoshlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi.

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar sportning street work out turi bo'yicha o'zaro kuch sinashishdi

✅ Zamonaviy sport yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan street work out musobaqasi “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi eng noodatiy va ilhomlantiruvchi tadbirlardan biri bo‘ldi. Unda talabalar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, bardoshliligi va irodasini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishdi.

XALQARO HUQUQ VA QIYOSIY HUQUQSHUNOSLIK FAKULTETIDA RAHMONQULOV HOJI-AKBAR RAHMONQULOVICH NOMIDAGI STIPENDIYA TANLOVINING SARALASH BOSQICHI YAKUNLANDI

✅ Xabar berganimizdek (https://t.me/xalqarohuquqfakulteti/5480), Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining buyrug'i bilan universitet talabalari uchun yuridik ta’lim va fan sohasi fidoiylari bo‘lgan faxriy professorlar nomiga atab nomli stipendiyalar joriy etilgan edi.

ADIBLAR XIYOBONI VA GʻAFUR GʻULOM HAYOTI VA IJODIGA BAGʻISHLANGAN DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

✅ Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashabbusi bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda muhim tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida taniqli shoir va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod taklif etildi hamda Adiblar xiyoboniga sayohat hamda Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

O‘zbekistonning Islohotlari: Qishloq Xo‘jaligi, Iqtisodiyot, Korrupsiyaga Qarshi Kurash va Xalqaro Hamkorlik

⚖️ Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultet talabalariga Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, korrupsiyaga qarshi kurash va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar to‘g‘risida "Ma'rifat darsi" doirasida professor Rahmon Oʼrmonovich Qoʼchqorov ma'ruza qildi.

1 va 2-sonli Talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida "Eng mazali salat" tanlovi o‘tkazildi.

👍 Toshkent davlat yuridik universiteti talaba 1 va 2-sonli Talabalr turar joyi qizlari o‘rtasida oshpazlik mahoratini sinovdan o‘tkazish, ijodiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Eng mazali salat” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

"Miss Yurist - 2025" tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi

⚖️ Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida "Mis Yurist - 2025" tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

YANGI YIL TABRIGI

Qadrli ustozlar! Aziz talaba-yoshlarimiz! Hurmatli yurtdoshlar!

XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI FAOLIYATI VA XALQARO GUMANITAR HUQUQ ASOSLARI MAVZUSIDA MARAT AMINOVNING MA’RUZASI

✅ Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida (TDYU) Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining (XQXQ) Toshkentdagi huquqiy maslahatchisi Marat Aminov ma’ruza o‘tkazdi.

“Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Bizga ma’lumki, joriy yilning 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Talabalar turar joyida “Konstitutsiya - huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.