March 28

O‘zbekistonning Islohotlari: Qishloq Xo‘jaligi, Iqtisodiyot, Korrupsiyaga Qarshi Kurash va Xalqaro Hamkorlik

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

⚖️ Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultet talabalariga Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, korrupsiyaga qarshi kurash va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilayotgan muhim islohotlar to‘g‘risida "Ma'rifat darsi" doirasida professor Rahmon Oʼrmonovich Qoʼchqorov ma'ruza qildi.

Ushbu ma'ruza davomida quyidagi masalalar bo'lib o'tdi.
⏺ Qishloq xo‘jaligida yangi loyihalar va xalqaro hamkorlik
2025-yil 3-martda Prezident Shavkat Mirziyoyev agrosanoat tarmoqlari samaradorligini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
⏺ Xitoy, Italiya, Yaponiya tajribasidan foydalanilib, urug‘chilik va ko‘chatchilikni rivojlantirish uchun 200 million dollar sarmoya ajratilganligi to'g'risida;
⏺ Italiya oliy ta’lim muassasalariga 200 nafar talaba yuborilishi;
⏺ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish 2025-yil 4-martda aholi bandligi va investitsiyalar masalalari ko‘rib chiqildi.
⏺ Yanvar-fevral oylarida 719 ming kishi ish bilan ta’minlanganligi;
⏺ Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari yuqori natijalarga erishganligi.
⏺ 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida bo'lib o'tgan masalalar;
⏺ “Shaffof qurilish” dasturi, elektron davlat xizmatlari (721 tur) joriy etilganligi.
⏺ Oliy ta’lim tizimi raqamlashtirilib, byurokratik jarayonlar kamaytirilganlgi.
⏺ Xalqaro hamkorlik va tashqi siyosatda 5-mart kuni SHHT Bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib, tashkilotning modernizatsiyasi muhokama qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar berildi.

🇺🇿 Professor R.Qo‘chqorovning ta'kidlashicha, bu islohotlar nafaqat ichki barqarorlikni ta'minlash, balki mamlakatimizning xalqaro sahnadagi o‘rnini mustahkamlashga ham katta hissa qo‘shmoqda.

📚 Shuningdek, talabalar islohotlarning ahamiyati va ularning amalga oshirilish jarayonidagi masalalar yuzasidan savollar berib, o‘z fikrlarini bildirishdi.

📝 Ma'ruzada ishtirok etgan talabalar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, o‘zlarini kelajakda ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.