XALQARO QIZIL XOCH QO‘MITASI FAOLIYATI VA XALQARO GUMANITAR HUQUQ ASOSLARI MAVZUSIDA MARAT AMINOVNING MA’RUZASI
✅ Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida (TDYU) Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining (XQXQ) Toshkentdagi huquqiy maslahatchisi Marat Aminov ma’ruza o‘tkazdi.
📚 Ma’ruza TDYU va N.I. Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqotlar Nijegorod davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi doirasida ta’lim olayotgan talabalar uchun tashkil etildi.
📝 Marat Aminov o‘z ma’ruzasida Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining asosiy vazifalari, faoliyati, shuningdek, xalqaro gumanitar huquqning (XGH) asosiy tamoyillari haqida so‘zlab berdi. U qurolli mojarolar sharoitida inson huquqlarini himoya qilish, XQXQning inqirozli vaziyatlardagi o‘rni va vazifalari, shuningdek, amaliyotda XGH normalarini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlariga alohida e’tibor qaratdi.
⚡️ Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular mavzular yuzasidan ko‘plab savollar bilan faol ishtirok etishdi. Bu esa tinglovchilarning xalqaro huquq va gumanitar missiyalarga qiziqishi va tayyorgarlik darajasining yuqoriligidan dalolat beradi.