January 31

"Miss Yurist - 2025" tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi

⚖️ Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetida "Mis Yurist - 2025" tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🎯 Mazkur tanlov yosh huquqshunos ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va notiqlik salohiyatini oshirish hamda jamoatchilik oldida o‘zini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

📚 10dan ortiq tashabbuskor talaba-qizlar ishtirok etgan tanlovda talabalar turli shartlar orqali o‘z bilim va iste’dodlarini namoyish etishdi.

📊 Tanlov yakunlariga ko‘ra, komissiya qaroriga binoan Muhidinova Marjona va Xayrullayeva Muxlisa g‘olib deb topilib, universitet bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

⚡️ Mazkur tadbir fakultet talabalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanish yo‘lida ularni rag‘batlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🤝 Tanlovda ishtirok etgan barcha qizlar kelajakda huquq sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildiramiz va universitet bosqichida yo‘llanmani qo‘lga kiritgan talaba-qizlarimizga omad tilaymiz!