June 24

"TALABALAR LIGASI": MINI FUTBOL BAHSLARIDA DO‘STLIK VA RAQOBAT UYG‘UNLASHDI

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

📆 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashabbusi bilan talabalar turar joyida "Talabalar ligasi" nomi ostida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport tadbiri fakultet yoshlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash va ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi.

⚽️ Musobaqa davomida talabalar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, do‘stona, ammo shiddatli bahslarda ishtirok etishdi. Qizg‘in kechgan o‘yinlarni fakultet dekanati bevosita kuzatib borib, hakamlik vazifasini bajardi. Bu esa o‘yin jarayonining shaffof va adolatli o‘tishini ta'minladi.

📊 Musobaqa natijalariga ko‘ra:

🥇 1-o'rinni "TSUL UNN" jamoasi;
🥈 2-o'rinni "YURISTLAR" jamoasi;
🥉 3-o'rinni "OLMAZOR YOSHLARI" jamoasi egalladi.

🏆 G‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alar va darajali diplomlar topshirildi. Bu ular uchun nafaqat sportdagi muvaffaqiyat, balki jamoaviylik va mashaqqatli mehnat evaziga erishilgan faxrli yutuq bo‘ldi.

🤝 Musobaqada Talabalar shaharchasi yoshlari ham faol ishtirok etdi. Ularning ishtiroki sportga bo‘lgan qiziqish, sog‘lom raqobat ruhini kuchaytirgan holda, talabalar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamladi.