June 23

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar sportning street work out turi bo'yicha o'zaro kuch sinashishdi

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

✅ Zamonaviy sport yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan street work out musobaqasi “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi eng noodatiy va ilhomlantiruvchi tadbirlardan biri bo‘ldi. Unda talabalar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, bardoshliligi va irodasini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishdi.

📝 Musobaqada asosiy e’tibor brus tortilish, turnikda mashqlar bajarish, anjimaniya mashqlariga qaratildi. Ishtirokchilar har bir bosqichda o‘z imkoniyatlarini namoyon etar ekan, hakamlar tomonidan texnika, davomiylik va aniqlik mezonlariga ko‘ra baholandi.

📊 Yakuniy natijalarga ko'ra,
🥇 1-o'rinni Atamuradov Behruz;
🥈 2-o'rinni Erkinov Muhammadamin;
🥉 3-o'rinni Nizomiddinov Elyor egallashdi.

⚡️ Street work out nafaqat jismoniy mashqlarni, balki sog‘lom turmush tarzini, o‘z ustida ishlashni va iroda kuchini shakllantirishni targ‘ib qiladi. Ushbu yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan talabalar alohida rag‘batlantirildi va bu musobaqa ko‘pchilik yoshlar orasida katta ilhom uyg‘otdi.

🏆 G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar fakultet nomidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.