June 12

XALQARO HUQUQ VA QIYOSIY HUQUQSHUNOSLIK FAKULTETIDA RAHMONQULOV HOJI-AKBAR RAHMONQULOVICH NOMIDAGI STIPENDIYA TANLOVINING SARALASH BOSQICHI YAKUNLANDI

✅ Xabar berganimizdek (https://t.me/xalqarohuquqfakulteti/5480), Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining buyrug'i bilan universitet talabalari uchun yuridik ta’lim va fan sohasi fidoiylari bo‘lgan faxriy professorlar nomiga atab nomli stipendiyalar joriy etilgan edi.

⚖️ Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun – O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, “Jasorat” medali sohibi, yuridik fanlar doktori, professor Rahmonqulov Hoji-Akbar Rahmonqulovich nomidagi stipendiya joriy etildi.

📝 Joriy haftada mazkur stipendiya uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov universitetning belgilangan tartibi asosida tashkil etildi va unda o‘zining bilim darajasi, ilmiy qiziqishi hamda faolligi bilan ajralib turgan talabalar ishtirok etdilar.

📚 Mazkur tashabbus nafaqat ilm-fan fidoyilarining xotirasini e’zozlash, balki yosh avlodga ma’naviy namunalar asosida ulg‘ayishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.