April 30

"SIZNING FIKRINGIZ MUHIM": 2-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA OCHIQ QABUL O‘TKAZILDI

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi 2-sonli talabalar turar joyida "Talabalar kengashi" tashabbusi bilan navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi. “Sizning fikringiz muhim” shiori ostida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilindi.

📝 Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolar va takliflarni eshitish, shuningdek, talabalar va mas’ullar o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

📬 Ochiq qabul davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va muammolar bilan murojaat qilishdi.

⚡️ Talabalar kengashi vakillari har bir murojaatni sinchkovlik bilan tinglab, amaliy yechimlar ishlab chiqishga va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga va’da berishdi. Qolaversa, ayrim masalalarga joyida yechim topildi, bu esa talabalar orasida ijobiy taassurot qoldirdi.

❗️Ushbu ochiq qabul Talabalar kengashining faoliyati faqat tashkiliy emas, balki talabalarning haqiqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilganini yana bir bor ko‘rsatdi.

🤝 Tadbir yakunida bunday ochiq muloqotlar muntazam tashkil etilishini va talabalar bilan fikr almashish doimo ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolishini ta’kidlandi.