
✅ Joriy yilning 2-iyul kuni Olmazor tumanidagi 2-sonli Talabalar turar joyida xodimlar ishtirokida yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📆 Joriy yilning 20-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti 2-sonli Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish doirasida, “Jahon asalarilar kuni” munosabati bilan “Asalarilarsiz hayot tasavvur qilinishi mumkinmi?” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

📆 Joriy yilning 20-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi 2-sonli Talabalar turar joyida talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyatchilik va giyohvandlik kabi salbiy illatlarning oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

📆 Xabaringiz bor, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ekologik muhitni yaxshilash va aholining tabiatga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida respublika miqyosida keng ko‘lamli daraxt ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tashabbusdan Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ham chetda qolmay, o‘zining amaliy ishtirokini ko‘rsatib kelmoqda.

✅ Yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoada birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida kuch sinashuv musobaqasi tashkil etildi. Tadbir 2-sonli Talabalar kengashi raisi S.Sayfiddinov (https://t.me/SayfulloSayfiddinov) boshchiligida o‘tkazildi.

📆 Joriy yilning 8-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida “Fuqarolik kodeksi loyihasi” mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy uchrashuv tashkil etildi.

📆 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Farovon oila sari" shiori ostida Toshkent davlat yuridik universitetining 1 va 2-sonli talabalar turar joyida mazmunli tadbir o'tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalar o'rtasida oilaviy qadriyatlar, farovon oilaning jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib qilish edi.

⚡️ Toshkent davlat yuridik universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida “Talabalar kengashi” tashabbusi bilan sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, talaba-qizlar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida mini-futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

📆 2025-yilning 29-aprel, seshanba kuni Toshkent davlat yuridik universiteti 2-sonli Talabalar turar joyida atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Plogging” aksiyasi tashkil etildi. Ushbu tashabbus jamiyatda ekologik ongni rivojlantirish va yoshlar orasida mas’uliyat hissini oshirish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi 2-sonli talabalar turar joyida "Talabalar kengashi" tashabbusi bilan navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi. “Sizning fikringiz muhim” shiori ostida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilindi.