May 14

JISMONIY TAYYORGARLIK – JAMOANING FAXRI: “QALQON” GURUHI KUCH SINOVIDA

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

✅ Yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoada birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida kuch sinashuv musobaqasi tashkil etildi. Tadbir 2-sonli Talabalar kengashi raisi S.Sayfiddinov (https://t.me/SayfulloSayfiddinov) boshchiligida o‘tkazildi.

📊 Musobaqa uchta asosiy yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi: turnikda tortilish, brusda mashq bajarish va tosh ko‘tarish. Har bir yo‘nalishda ishtirokchilar o‘z kuch-g‘ayratini, matonatini va irodasini sinovdan o‘tkazdi.

📝 Natijalarga ko‘ra:

⏺Turnikda tortilish bo‘yicha Sharifov Ozodbek eng yaxshi natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
⏺Brus olish bahslarida esa Ilhomjonov Muhammadqodir o‘z raqiblaridan ustun keldi.
⏺Tosh ko‘tarish musobaqasida kuch va bardoshda hech kimga imkon qoldirmagan Samadov Behruz birinchi o‘rinni egalladi.

⚡️ Tadbir yuqori ruhda o‘tdi va ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. “Qalqon” guruhi a’zolari ushbu bellashuv orqali nafaqat jismoniy salohiyatini sinab ko‘rishdi, balki bir-birlariga bo‘lgan ishonch va jamoaviy birdamlikni ham mustahkamlashdi.