15-MAY - XALQARO OILA KUNI MUNOSABATI BILAN "OILAGA SHARQONA SADOQAT" MAVZUSIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
📆 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetining 1 va 2-sonli talabalar turar joyida "Oilaga sharqona sadoqat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalar o'rtasida oilaviy qadriyatlar, farovon oilaning jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib qilish edi.
📝 Tadbirda Jinoiy odil sudlov fakulteti dekan maslahatchisi Qodirova Mohigul , Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimi Radjapova Maftuna hamda tarbiyachi-pedagog Xakimova Gulnoza qatnashdilar va talabalarga mavzuga oid qimmatli maslahatlar berdilar.
🎭 Tadbir davomida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan sovchilik va yoshlarning oilaviy hayotidan sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Sahna ko'rinishlari orqali yoshlarga oilaviy hayotdagi tushunmovchiliklarni qanday hal qilish mumkinligi, farovon va baxtli oilaning siri haqida qiziqarli tarzda tushuntirildi.
⚡️ Tadbir qatnashchilari tomonidan talabalar bilan interfaol suhbatlar olib borilib, ular oilaviy qadriyatlar, nikoh va oilaviy masalalarga oid fikrlarini ochiq-oydin bildirdilar. Tadbirning qiziqarli o'tgani talabalar tomonidan alohida e'tirof etildi.
🤝 Mazkur tadbir universitetda oilaviy qadriyatlarni yoshlar orasida mustahkamlash, ularning oilaviy hayotga mas'uliyat bilan yondashishiga ko'maklashish borasidagi ishlarni samarali davom ettirishning muhim bosqichi bo‘ldi.