July 7

Yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

✅ Joriy yilning 2-iyul kuni Olmazor tumanidagi 2-sonli Talabalar turar joyida xodimlar ishtirokida yong‘in va texnika xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

📆 Tadbirda Olmazor tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) PvaNB inspektori kapitan K. Badriddinov, shuningdek Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori, podpolkovnik G‘anijon Sobitov va 1-sonli TTJ mudiri H. Imomnazarov faol ishtirok etdilar.

📝 Uchrashuv davomida xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, binolarni yong‘inga qarshi texnik jihozlash, avariyaviy vaziyatlarda harakatlanish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lganda birinchi navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar, o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar ham o‘tkazildi.

⚡️ Shuningdek, texnika xavfsizligini ta’minlashda xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va umumiy jamoaviy nazoratning o‘rni alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida mavjud xavfsizlik vositalarining texnik holati ko‘rib chiqildi, ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

📊 Uchrashuv yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Bunday tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilib, Talabalar turar joyida xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.