2-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA “JAHON ASALARILAR KUNI” MUNOSABATI BILAN INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
📆 Joriy yilning 20-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti 2-sonli Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish doirasida, “Jahon asalarilar kuni” munosabati bilan “Asalarilarsiz hayot tasavvur qilinishi mumkinmi?” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
🐝 Mazkur tanlov tabiat muhofazasi, biologik xilma-xillikni asrash va ekologik ongni yuksaltirishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri sifatida o‘tkazildi. Unda talabalar asalarilarning ekologik tizimdagi beqiyos o‘rni, insoniyat hayoti va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq jihatlar haqida o‘z qarashlarini bayon etdilar.
📝 Tanlovda taqdim etilgan insholar Talabalar kengashi raisi S. Sayfiddinov hamda tarbiyachi pedagog G. Xakimova tomonidan shaffoflik tamoyili asosida baholab chiqildi.
📊 Natijalarga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇 1-o‘rinni – Yerxo‘jayeva Asemgul;
🥈 2-o‘rinni – Murodova Marjona;
🥉 3-o‘rinni – G‘aniyeva Rayxona.
📚 Tanlov ishtirokchilari o‘z asarlarida ekologik barqarorlik, tabiatga mehr va mas’uliyat, asalarilarning insoniyat hayotidagi roli kabi mavzularni chuqur yoritib berdilar.
🪴 Mazkur tadbir yoshlar orasida ekologik tarbiyani mustahkamlash, tabiatni asrashga bo‘lgan ongni shakllantirish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.