"Bir asrning ikki dahosi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
✅ Joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universiteti 2-sonli Talabalar turar joyida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Bir asrning ikki dahosi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Ushbu tadbir "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimiyati tashabbusi bilan Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san'ati instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
🎼 Tadbir Alisher Navoiy va Bobur ijodiy merosidan olingan she'rlar, g‘azallar va musiqiy asarlar bilan boshlandi. Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san'ati instituti jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Milliy cholg‘u asboblarining jo‘rligida Navoiy va Boburning she’rlari yangrab, tarixiy davrning ruhini qayta jonlantirdi.
📝 Talabalar turar joyida bunday tadbirlarning tashkil etilishi nafaqat talabalar, balki barcha ishtirokchilar uchun ulkan ma’naviy yutuq bo‘ldi. "Bir asrning ikki dahosi" tadbiri ko‘ngillarga iliqlik ulashib, buyuk ajdodlarimizning o‘lmas ijodi orqali yosh avlodni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan boyitishga xizmat qildi.