May 14

“Fuqarolik kodeksi loyihasi” mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

📆 Joriy yilning 8-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida “Fuqarolik kodeksi loyihasi” mavzusida navbatdagi ilmiy-amaliy uchrashuv tashkil etildi.

📚 Tadbir fuqarolik huquqi sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmuni, yangi tahrirdagi kodeks loyihasi mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida o‘tkazildi.

📝 Uchrashuvda Fuqarolik huquqi kafedrasi o‘qituvchilari — Daminov Husniddin va Xodjiyev Yunus ishtirok etib, loyihaning asosiy yangiliklari, zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan normalar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

🎓 Tadbir davomida talabalar amaldagi kodeks bilan loyihadagi asosiy farqlar, shuningdek, shaxslar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarning tartibga solinishi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, mulk huquqi, shartnomaviy majburiyatlar, shaxsiy huquqlar kabi masalalarda interaktiv muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Uchrashuv talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, yurtimizda olib borilayotgan huquqiy islohotlarga nisbatan huquqiy ong va faollikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.