QIZLAR O‘RTASIDA MINI-FUTBOL: DO‘STLIK VA SPORT RUHINI BIRLASHTIRGAN O‘RTOQLIK UCHRASHUVI
⚡️ Toshkent davlat yuridik universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida “Talabalar kengashi” tashabbusi bilan sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, talaba-qizlar o‘rtasida do‘stlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida mini-futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.
⚽️ Uchrashuvda “Ovsinlar” va “Dugonalar” nomli jamoalar maydonga tushdi. O‘yin qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda kechdi. Har ikkala jamoa bir-biriga munosib raqib bo‘lib, ko‘plab texnik harakatlar va jamoaviy o‘yin namoyon etildi.
📊 Asosiy o‘yin vaqti 4:4 hisobida yakunlandi, bu esa jamoalar o‘rtasidagi kuchlar tengligini yaqqol ko‘rsatdi. Penaltilar seriyasi ham murosasiz kechib, yana durang natija qayd etildi.
🏆 Yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra, bu uchrashuvda eng muhim g‘alaba – do‘stlik bo‘ldi. Ishtirokchilar va tomoshabinlar o‘yindan katta zavq olishdi, sport orqali bir-birlariga yaqinlashishdi va sog‘lom raqobat muhitida vaqtni mazmunli o‘tkazishdi.
🤝 Mazkur uchrashuv talabalar turar joyidagi sport hayotini jonlantirishga, ayniqsa, qizlar o‘rtasida faol va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.