“PLOGGING” AKSIYASI: TOZALIK, SOG‘LOM HAYOT VA JAMOAVIYLIK UYG‘UNLIGI
📆 2025-yilning 29-aprel, seshanba kuni Toshkent davlat yuridik universiteti 2-sonli Talabalar turar joyida atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida “Plogging” aksiyasi tashkil etildi. Ushbu tashabbus jamiyatda ekologik ongni rivojlantirish va yoshlar orasida mas’uliyat hissini oshirish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
☘️ Aksiya doirasida “Tabiat Posbonlari”, “Eko yulduzlar” va “Yashil gvardiya” nomli jamoalar shakllantirildi. Har bir jamoa talaba-yoshlar va xodimlardan iborat bo‘lib, ular belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish davomida chiqindilarni yig‘ish, saralash va ekologik tozalikka hissa qo‘shishdi.
⚡️ Aksiya nafaqat jismoniy faollik, balki jamoaviylik, muomala madaniyati va tabiatga nisbatan mas’uliyatni oshirish bilan yodda qoldi. Ishtirokchilar o‘zaro bahsli va do‘stona muhitda bellashdilar, bir-birlarini rag‘batlantirishdi va har bir topilgan chiqindini o‘z g‘alabasi deb bildilar.
📊 Tadbir yakunida jamoalarning ishtiroki va ekologik faolligi hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, quyidagi natijalar e’lon qilindi:
🥇 1-o‘rin – Tabiat Posbonlari
🥈 2-o‘rin – Yashil gvardiya
🥉 3-o‘rin – Eko yulduzlar
🏆 G‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
❗️ “Plogging” tashabbusi TTJda muntazam davom ettiriladigan an’anaviy tadbirlar qatoriga kiritilishi rejalashtirilmoqda.