STARLINK o'zi nima?
Starlink – Elon Musk asos solgan SpaceX kompaniyasiga tegishli loyiha bo’lib, u yaqin yillar ichida, yerning quyi orbitasiga uchirilgan o’rta hajmli sun’iy yo’ldoshlar orqali butun yer yuzini internet aloqasi bilan ta’minlab berishi rejalashtirilgan. Bu sun’iy yo’ldoshlar avvalgilaridan farqli o’laroq, yapaloq shaklda bo’lib, har biri o’rtacha 260 kg og’irlikka ega.
TIZIMNING BOSHLANISHI.
Starlink sun'iy yo'ldosh tizimining boshlanishi 2015 yilga borib taqaladi. Tizimning birinchi sinovlari 2018 yilda boshlangan. Aynan 22-fevral kuni TINTIN nomli birinchi sinov prototiplari koinotga muvaffaqiyatli uchirildi. 2019 yilning may oyida esa kompaniya 60 ta sun’iy yo‘ldosh prototipini uchirdi.
TIJORIY MAQSAD:
2020 yilda SpaceX o'zining sun'iy yo'ldosh tizimidan foydalangan holda butun dunyo bo'ylab Internetga kirishni tijorat maqsadida boshladi. 2022-yil yanvar oyidayoq 145 000 foydalanuvchi Starlink tizimini dunyoning 25 ta turli mamlakatlarida sinab ko‘rdi.
ISTIQBOLDAGI REJALAR
Ayni paytda Starlink allaqachon ulkan sun'iy yo'ldosh tizimidir. Yaqin kelajakda u sayyoramizning ko'plab chekka hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlashga qodir. Kompaniyaning maqsadi 2027-yil o‘rtalarigacha 42 mingta Starlink sun’iy yo‘ldoshini uchirish. Bugungi kunda 1800 ta ana shunday sun’iy yo‘ldoshlar uchirilgan.
▪️Bućo Nero uchun maxsus tayyorlandi. 20.11.2022