Starlink – Elon Musk asos solgan SpaceX kompaniyasiga tegishli loyiha bo’lib, u yaqin yillar ichida, yerning quyi orbitasiga uchirilgan o’rta hajmli sun’iy yo’ldoshlar orqali butun yer yuzini internet aloqasi bilan ta’minlab berishi rejalashtirilgan. Bu sun’iy yo’ldoshlar avvalgilaridan farqli o’laroq, yapaloq shaklda bo’lib, har biri o’rtacha 260 kg og’irlikka ega.