July 13, 2022

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga asosan institut professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil !” – ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida 2022-yil 10-12 iyul kunlari Buxoro shahriga jamoaviy sayohat tashkil etildi.