Joriy yil 12-may kuni “Iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Toʻgʻri kasb tanlash: hayotda toʻgʻri maqsad oʻrnatish” mavzusida biznes-trening boʻlib oʻtdi.
Institutimiz vakillari Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmati (moliyaviy razvedka), Xalqaro tarmoq instituti hamda Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi (MUMSFM) bilan hamkorlikda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida taʼlim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti v.b. O.Shodiyev tomonidan 2023-yilda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 21-fevral kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent viloyati Zangiota tuman Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektorlari Islom Ismoilov va Akmal Eshkobilovlar ishtirokida “Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini undirish: amaliyot tahlili” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tomonidan 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”sida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2023-yilning 20-fevral kuni 3-kurs, ST-81 akademguruhi talabalari uchun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Soliq qarzlarini undirishni tashkil etish bo‘limi soliq bosh inspektori Sardor Turanov tomonidan amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.
Gender tenglik jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida: siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport va boshqalarda xotin-qizlar va erkaklarning huquq va imkoniyatlarining tengligini anglatadi.
"Adiblar xiyoboni"da joriy yilning 28-sentabr kuni ma’naviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv Toshkent moliya institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Iqtisodiyot fakulteti dekanati tomonidan tashkil etildi. Abdulla Qahhor ijod muzeyi rahbari Nuriddin Ochilov tomonidan atoqli adib, betakror so‘z ustasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi haqida talaba yoshlarga kerakli ma’lumotlarni berdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida Toshkent moliya institutidagi barcha fakultetlarda tahsil olayotgan talaba-yoshlardan tashkil topgan 59 ta jamoalar o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari uchun tashkiliy ishchi guruhga murojaat etishgan.