July 25, 2022

Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari Sibir Federal Universitetida tashkil etilgan “Yozgi Universitet-2 022” loyihasida faol ishtirok etib kelishmoqda

Avval xabar qilganimizdek, 2022-yilning 10-iyulidan Rossiya Federasiyasi Krasnoyarsk shahrida “Yozgi Universitet-2022” loyihasi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar o‘z faoliyatini boshlagan edi.

“Real va virtual dunyoda global tadbirkorlik: ESG-iqtisodiy transformasiya” mavzu doirasida Sibir Federal Universitetida tashkil etilgan “Yozgi Universitet-2022” loyihasida Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Joriy yilning 16-21 iyul kunlari “Moliya” kafedrasi professori, i.f.n. N.E.Jiyanova hamda PhD, dosenti Sh.K.Xamdamovlar tomonidan loyiha mavzusi doirasida “Xujalik yurituvchi sub’yektlarda ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish va modernizasiyalash asosida investision dasturlarni moliyalashtirish manbalari”, “Korxonalar moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va uni boshqarishni takomillashtirish”, “Ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish masalalari” mavzularida ma’ruza mashg‘ulotlari va seminar-treninglarini o‘tkazishdi.

Loyiha doirasida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida tashkil etilib, talabalar amaliyot ob’yektlarining o‘zida jarayonlar kechimini o‘rganishmoqda. Xususan, Toshkent moliya instituti talabalari V.N. Gulidova nomidagi Krasnoyarsk rangli metal zavodida, “Rusal” Krasnoyarsk alyumin zavodida, Gastronomiya institutida va boshqa amaliyot ob’yektlarida ish jarayonlari bilan tanishishdi. Toshkent moliya instituti talabalari dars jarayonlarida o‘rganilgan ma’lumotlar asosida o‘zlarining “Toshkent yoshlar moliyaviy forumi” amaliy loyihalarini taqdim etib, muvaffaqiyatli himoya qiishdi.