September 28, 2022

Abdulla Qahhor ijodi talaba yoshlar nigohida

"Adiblar xiyoboni"da joriy yilning 28-sentabr kuni ma’naviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuv Toshkent moliya institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Iqtisodiyot fakulteti dekanati tomonidan tashkil etildi.
Abdulla Qahhor ijod muzeyi rahbari Nuriddin Ochilov tomonidan atoqli adib, betakror so‘z ustasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi haqida talaba yoshlarga kerakli ma’lumotlarni berdi.


Uchrashuv davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridan kelib tahsil olayotgan bir guruh talaba-yoshlar ham uchrashuvda ishtirok etib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tadbir davomida institutning Iqtisodiyot fakulteti faol talaba-yoshlaridan biri Shukurov Sherzod tomonidan A.Qahhorning “Anor” hikoyasi haqida talaba-yoshlarga so‘zlab berdi. Ma’roq bilan tinglangan bu hikoya talabalarga manzur bo‘ldi.