June 9, 2022

Institut professor-o’qtuvchilarining xorijiy hamkasb bilan hamkorlik uchrashuvi

Joriy yilning 9-iyun kuni Toshkent moliya instituti “Bank ishi”, “Bank hisobi va audit”, “Soliqlar va soliqqa tortish” hamda “Moliya va kredit” kafedra professor-o’qituvchilari AQSHlik professor Rubin Karlos bilan xorij oliy ta’lim dargohlarida o’quv jarayonlarini tashkil etish, ilmiy ishlarni himoya qilish, darsliklarni yozishda yevropa malakasidan foydalanish kabi jihatlarni o’z ichiga olgan ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda xalqaro va global darajada moliya-kredit sohasida bo’layotgan o’zgarishlar, shuningdek iqlim o’zgarishi bilan bog’liq masalalar xususida ham o’zaro fikr almashishdi.

Institut professor-o’qituvchilari va AQSHlik professor o’rtasida tashkil etilgan muloqot hamkorlik mazmunida bo’lib uni kelgusida ham amaliy jihatdan davom etirish lozimligi ta’kidlandi .