June 9, 2022

“Globallashuv va iqlim o’zgarishi” sharoitida moliya-kredit tizimini samarali tashkil etish mavzusida xorijlik professor tomonidan masterclass

Toshkent moliya institutining 4-kurs “Bank ishi” ta’lim mutaxasisligini bitiruvchilariga professor Rubin Karlos tomonidan master klass tashkil etildi.

Professor master klass davomida AQSH ta’lim tuzilishini globallashuv jarayonida moliyaviy mablag’larini jalb qilish, ularni joylashtirish hamda risklarni boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Bundan tashqari globallashuv hamda iqlim o’zgarishi jarayonida o’zaro moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni tashkil etish va rivojlantirish zarurligi allohida takidlandi.

Ma’ruza davomida talabalar o’zlari qiziqqan savollar va mulohazasi yuzasidan tegishli javoblarni olishdi.

Umuman olganda, mazkur master klass o’zaro muloqot, savol-javob tarzida tashkil etildi va qatnashuvchilarda katta ta’surot qoldirdi.