April 7, 2022

Toshkent moliya instituti Talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlari bilan “IELTS sertifikatining magistratura bosqichiga kirishdagi o`rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 6-aprel kuni 2-sonli Talabalar turar joyida “Soliqlar va sug`urta” fakulteti dekani L.Zoirov, “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri F.Saidova va kafedra professor-o`qituvchilari, “Bank ishi” fakulteti dekani muovini S.Djumanov, “Bank ishi” fakulteti tyutorlari hamda talabalar turar joyida yashovchi talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini “Soliqlar va sug`urta” fakulteti dekani L.Zoirov ochib berdi. Fakultet dekani hamda “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri F.Saidova o`z so`zlarida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga muvofiq magistratura mutaxassisligining kirish imtihonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida to`xtalib o`tdi. Ushbu qarorga muvofiq endilikda faqat 2 ta fandan imtihon bo‘lishi: mutaxassislik fani 100 ballgacha va chet tilidan 50 ballgacha bo`lishi hamda Magistraturaga hujjat topshirganlar IELTS bo‘yicha 5,5 ballga ega bo‘lsa chet tili imtihonidan ozod etilishi haqida ta`kidlab o`tdi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri A.Tashkulov joriy yilda Buxoro viloyati ta`lim tizimi yuzasidan Buxoro davlat davlat universitetida bo`lgan uchrashuvida keyingi o`quv yilidan boshlab milliy va xorijiy sertifikatlariga ega bo`lmagan bakalavriat bosqichini tugatgan talabalar magistratura uchun xatto hujjat topshira olmasligi haqida ta`kidlab o`tilganligi talabalarga yetkazildi.

Davra suhbati savol-javob shaklida davom ettirildi hamda talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni oldilar.