February 22, 2023

“Soliqlarni undirish mexanizmiva uni takomillashtirish” mavzusida amaliy dars

“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tomonidan 2023-yilda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”sida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2023-yilning 20-fevral kuni 3-kurs, ST-81 akademguruhi talabalari uchun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Soliq qarzlarini undirishni tashkil etish bo‘limi soliq bosh inspektori Sardor Turanov tomonidan amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.

Amaliy mashg‘ulot darsi “Soliqlarni undirish mexanizmi va uni takomillashtirish” mavzusida bo‘lib, unda Toshkent viloyati soliq to`lovchilari misolida soliq majburiyati va uni bajarilishi, soliq qarzi, uni paydo bo‘lish sabablari va bartaraf etish yo‘llari amaliy ma’lumotlar hamda mavjud muammolar asosida tahlil qilindi.