June 15, 2022

Statistika, Ekonometrika va Biznes tahlil ta'lim yo'nalishlari hamda mutaxassisliklari bo'yicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribasi asosida ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlari

2022-yil 14-iyun kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab 60410800- Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60411500-“Biznes-tahlil” taʼlim yoʻnalishlari hamda 70410801- Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 70310201- “Ekonometrika” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribasi asosida ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlari kadrlar isteʼmolchilari vakillari ishtirokida muhokamadan oʻtkazildi.

Muhokamada Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., prof. B.K.Gʻoyibnazarov, Institutning “Masofaviy oʻqitishni tashkil etish” guruhi boshligʻi, i.f.d., prof. B.Ataniyazov, institutning kafedra professor-oʻqituvchilari va qoʻmita xodimlari hamda Toshkent moliya instituti Oʻquv-uslubiy boshqarma maʼsul xodimi Jurayev I., “Statistika va ekonometrika” kafedrasi mudiri B.Utanov, “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri Z.Sagdillayevalar ishtirok etishib, yangi oʻquv yilidan boshlab oʻquv rejalarni takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Muhokama natijasida 60410800- Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60411500-“Biznes-tahlil” taʼlim yoʻnalishlari hamda 70410801- Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 70310201- “Ekonometrika” magistratura mutaxassisliklarining oʻquv rejalaridagi fanlar nomi va uning oʻquv dasturlari tubdan oʻzgartirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 03-avgustdagi PQ 4796-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha belgilab berilgan chora-tadbirlaridan kelib chiqib oʻzgartirishlar kiritildi.