Institutimiz vakillari “Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etishdi
Institutimiz vakillari Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmati (moliyaviy razvedka), Xalqaro tarmoq instituti hamda Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi (MUMSFM) bilan hamkorlikda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida taʼlim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artikova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov, Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi direktori o‘rinbosari Irina Shilina, “Россотрудничества”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdayev so‘z olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifalardan ekanini alohida ta’kidladi.
“Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyadan Xalqaro tarmoq institutiga a'zo bo'lgan 11 ta oliy ta'lim muassasasi, xususan, Toshkent moliya instituti ham faol qatnashdi.
Ko‘rgazma doirasida moliyaviy xavfsizlik va moliyaviy tekshiruv boʻyicha ochiq maʼruzalar, mahorat darslari, "Grafus" o‘quv trenajyorida mashg‘ulotlar, Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari vakillari va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etildi. ko'rgazma ishtirokchilariga master-klass va seminar treninglar o'tkazildi.