“Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini undirish: amaliyot tahlili” mavzusida amaliy dars tashkil etildi
“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi dotsenti v.b. O.Shodiyev tomonidan 2023-yilda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 21-fevral kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent viloyati Zangiota tuman Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektorlari Islom Ismoilov va Akmal Eshkobilovlar ishtirokida “Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarini undirish: amaliyot tahlili” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Amaliy mashg‘ulot darsida mutaxassislar tomonidan talabalarga yuridik shaxslardan mol-mulk va yer soliqlarini undirishning amaldagi holati tanishtirildi va mazkur jarayon tuman Davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida tahlil qilindi. Dars so‘ngida talabalar tomonidan qiziqtirgan savollar berildi va javoblar olindi.