“OCHIQ ESHIKLAR” KUNI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida sirtqi fakultet “Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasiga Zangiota tumanidagi 22,32,33,34,35-sonli umumtaʼlim maktablari biriktirilgan.
Xususan, joriy yilning 17-may kuni “Iqtisodiyot, boshqaruv soliqlar va sug’urta” kafedrasi o’qituvchilarini tashabbusi bilan kafedraga biriktirilgan Zangiota tumanidagi 22,32,33,34,35-sonli maktablari bitiruvchilari uchun Toshkent moliya institutida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Unda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, “Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug’urta” kafedrasi professor-o‘qituvchilari E.Ergashev, A.Amonov, Sh.Qiyosov, S.Sayfullaev, M.Qulmetovlar va talaba-yoshlar, maktab pedagog-xodimlari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilari uchun Bobur Bobomurod tomonidan bugungi kundagi asosiy vazifa yosh avlodimizning bilim bilan boyitilish, ularni ruhiy yuksaltirish, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni, hayotlarini yaxshi tomonga o‘zgartirish yuzasidan ma’ruza o’qildi, yoshlarga bag’ishlangan sherlaridan o’qib berildi.
Institutimiz magistratura 2-bosqich talabasi, prezident stipendiyasi sovrindori Javlon Bo‘tayev tomonidan oliygohning har bir fakulteti – taʼlim yo‘nalishlari va institutga kirish ballari haqida maʼlumotlar berildi.
“Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug‘urta” kafedrasi dotsenti M.Qulmetov tomonidan institutimiz kompyuter zallari haqida o‘quvchi yoshlarga maʼlumotlar berildi.
Shu bilan birga mazkur kafedra dotsenti Sh. Qiyosov institutimizning kutubxonasi haqida maʼlumot berib o‘tildi, jumladan, talabalar o‘zlarining mustaqil soatlarini tashkil etish, institut elektron kutubxonasidan foydalanish haqida o‘quvchi yoshlarga tushunchalar berib o‘tildi.
Keyingi manzil institutimizda tashkil etilgan Abdulla Qahhor muzeyi bo‘ldi. Kafedra dotsenti A.Amanov tomonidan muzey haqida va Abdulla Qahhorning ijod yo‘li haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, institut sport majmuasi haqida “Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug‘urta” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Sayfullaev tomonidan yoshlarga maʼlumot berildi. Sport majmuasi o‘quvchi yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi.