May 23, 2020

TARIX FANIDAN TEST | DTM-2019

1.Buxoro amirligida shayxulislomga bo‘ysungan qaysi amaldor diniy-huquqiy masalalar bilan shug‘ullangan? (XIX asr o‘rtalarida)
A) dodhoh B) muftiy C) ko‘kaldosh D) sadr
2. Quyidagi qaysi qo‘zg‘olonlar Buxoroda bo‘lib o‘tgan?
1) Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon; 2) Abruy qo‘zg‘oloni; 3) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni; 4) Bobak qo‘zg‘oloni
A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 2, 4
3. Quyidagi qaysi asarda qozoq xoni Abulxayrxonga qarshi kurashda yengilgan
qoraqalpoqlarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lganligi, xususan Sirdaryo bo‘ylaridagi
qoraqalpoqlarning har yoqqa tarqab ketgani, ularning mashaqqatli davri tarixi bayon
etilgan?
A) "Ernazarbiy" B) "Darbadar el" C) "Edigey" D) "Oydo‘stbiy"
4. XVIII asr oxirida Fransiyada Konstitutsiyalar qabul qilingan yillarni belgilang.
1) 1789-yil; 2) 1790-yil; 3) 1791-yil; 4) 1792-yil; 5) 1793-yil; 6) 1794-yil; 7) 1795-yil
A) 1, 4, 7 B) 1, 2, 5 C) 3, 5, 7 D) 3, 4, 6
5. Quyidagilardan VIII asrda tashkil topgan davlatlarni toping.
A)Aksum va Qarluqlar davlati
B)Aksum va O‘g‘uzlar davlati
C)Gana va O‘g‘uzlar davlati
D)Gana va Qarluqlar davlati
6. Quyidagi voqealardan qaysi biri Xalqlarning buyuk ko‘chishlari yuz bergan davr oralig‘ida sodir bo‘lgan?
A)G‘arbiy turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi
B)Arablarda urug‘chilik jamiyati inqirozi tezlashdi
C)Xorazm Qang‘ davlatidan ajralib chiqdi
D)O‘rta Osiyoda Kidariylar davlati tashkil topdi
7. Quyidagilardan XIV asrda bo‘lib o‘tgan voqeani toping.
A)Dehli sultonligiga asos solindi
B)Amir Temur Dehli sultonligini bosib oldi
C)Dehli sultonligida Sayyidlar sulolasi taxtgakeldi
D)Dehli sultoni Shamsiddin Eltutmish Panjob, Sind, Bengaliyani egalladi
8. SSSR va AQSH o‘rtasida SQCH-2 shartnomasi imzolangan yilni toping.
A) 1985-yil B) 1975-yil C) 1982-yil D) 1979-yil
9. 1883-yilda quyidagi qaysi davlatda "Mehnatni ozod qilish" guruhi tuzilgan?
A) Yaponiyada B) Avstriya-Vengriyada C) Xitoyda D) Rossiyada

10.Xaritada yulduzcha bilan belgilangan hudud(davlat) tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumot berilgan javobni toping.
A)XIX asr oxirida Eritreyani o‘ziga
bo‘ysundirdi
B)1848-yilda Respublika deb e‘lon qilindi
C)1510-yilda Kubani bosib oldi
D)XVIII asr boshida Gibraltarni o‘z tasarrufiga
oldi
11. 1906-yilda nashr etila boshlagan "Xurshid" gazetasi muharriri bo‘lgan, quyidagi rasmda tasvirlangan vatandoshimiz faoliyati bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotni belgilang.

A)Uning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga
"Behbudiya kutubxonasi" deb atalgan kutubxona tashkil qilingan.
B)Buxoroda "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") jamiyatini tashkil qilib, talabalarni Turkiyaga o‘qishga yuborgan.
C)O‘zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim",
"Turkiy guliston yoxud axloq" kabi darsliklarni yaratgan.
D)Jadid maktablari uchun "Adibi avval", "Adibi soniy", "Yer yuzi" kabi darsliklarni yaratgan.
12. Quyidagilardan qaysilari Afinada Solon hukmronligi davrida sodir bo‘lgan?
1) dehqonlarning qarzlari bekor qilindi; 2) qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi; 3) faqat zodagonlar davlat boshqaruviga ishtirok etadigan bo‘ldi; 4) nasl-nasabidan qat’i nazar, afinaliklarga davlat mansablarini egallash imkoniyati berildi; 5) Xalq Majlisi faoliyati tiklandi; 6) Xalq majlisi lavozimlariga ish haqi to‘lash joriy etildi.
A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6
13. Qachondan boshlab Turkistonda an‘anaviy devoriy naqshlarda ilgari ishlatilmagan manzaralar – suzib borayotgan kema, temiryo‘llar va hayvonlar tasvirlangan naqshlar kirib kela boshlagan?
A) XIX asrning 80-yillarida
B) XX asr boshlarida
C) XIX asrning 70-yillarida
D) XIX asrning 90-yillarida

14.Quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni toping.
1) Germaniya ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilindi; 2) Avstriya-Vengriya imperiyasi
tashkil topdi; 3) Xitoy Respublika deb e’lon qilindi; 4) Fransiyada Uchinchi Respublika e’lon qilindi; 5) Braziliya Respublika deb e’lon qilindi
A) 2, 4, 1, 5, 3 B) 4, 2, 5, 1, 3
C) 2, 4, 1, 3, 5 D) 4, 2, 1, 3, 5
15. 1925-yil 6-12-fevralda Buxoro shahrida O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis
syezdida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti (Qo‘mitasi) ning mas’ul sekretarlari (kotibi) etib kimlar saylangan?
1) V.Ivanov; 2) F.Xo‘jayev; 3) A.Ikromov; 4) U.Xo‘jayev
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 3, 4 D) 1, 2
16. Quyidagi janglar bo‘lib o‘tgan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda joylashtirilgan
javobni belgilang.
1) “Xalqlar jangi”; 2) Borodino jangi;
3) Vaterloo jangi
A) 2, 1, 3 B) 1, 3, 2 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 1
17. Quyidagilardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan
javobni toping.
1) Abdulatif Hirot taxtini tashlab, Movarounnahrga qaytgach, Ulug‘bek
tomonidan Buxoroga noib qilib tayinlanadi; 2) Shohruxning vafotidan so‘ng Xuroson taxtini Boysung‘urning o‘g‘li Alouddavla egallaydi;
3) 1448-yilda Abdulatif Movarounnahr taxtini egalladi; 4) 1425-yilda Ulug‘bek tomonidan qoyatoshga yozdirilgan o‘ziga xos “zafarnoma” hozirgi kungacha saqlangan; 5) 1449-yilda Ulug‘bek Abdulatifdan yengilgach, Samarqand va Shohruxiya shaharlariga kira olmay taslim bo‘ldi; 6) 1447-yilning 12-martida Mirzo Ulug‘bek 55 yoshida fojiali halok bo‘ladi.
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5
18. SSSR davlat rahbari I.Stalin vafot etgan yilni belgilang.
A) 1956-yil B) 1960-yil C) 1953-yil D) 1959-yil
19. Quyidagilardan IX asrda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang.
A)Konstantinopolda Magnavr oliy maktabi tashkil etildi.
B)Italiyada Neapol universiteti tashkil etildi.
C)Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki universitetlar ochila boshladi.
D)Xitoyda Xanlin akademiyasi tashkil etildi.
20. Qaysi Angliya hukmdori o‘zining cherkov boshlig‘i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e’lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi?
A) Mariya Tyudor B) Yelizavetta I C) Genrix VIII Tyudor D) Yakov I
21. Xivaga Buxorodan O‘rozboy Jo‘ra va Avaz Murod yasovulboshi boshchiligidagi elchilar qaysi Xiva hukmdori davrida kelgan?
A) Rahimqulixon B) Olloqulixon C) Eltuzar D) Muhammad Rahimxon I
22. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning "O‘zbekistonda teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida"gi farmoni nechanchiyilda e’lon qilingan?
A) 1997-yil B) 1995-yil C) 1996-yil D) 1998-yil
23. 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha Prezident I.A.Karimov boshchiligida necha kishidan iborat komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan?
A) 40 kishidan B) 64 kishidan C) 32 kishidan D) 54 kishidan
24. Afg‘oniston va Buyuk Britaniya o‘rtasida 1893-yilda imzolangan bitimga ko‘ra, . . . .
A)ingliz fuqarolarining Afg‘onistonga erkin kirib-chiqishlariga ruxsat berildi
B)Afg‘oniston janubidagi afg‘on qabilalari hududlari Buyuk Britaniya qaramog‘ida qoladigan bo‘ldi
C)turkmanlar yashaydigan joylarda afg‘on-ingliz chegaralari qat’iy belgilab olindi
D)mamlakat hududi shimolda Amudaryogacha kengaytirildi

25.Quyidagi qaysi davlat hukumati 1894-yilda sentabrning birinchi dushanbasini "Mehnat kuni" bayrami deb e’lon qilishga majbur bo‘lgan?
A) Germaniya B) Buyuk Britaniya C) AQSH D) Fransiya
26. Paul fon Gindenburg A.Gitlerni reyxkansler lavozimiga tayinlagan yilda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A)Yaponiya va Germaniya antikomintern paktini imzoladi.
B)Rapallo shartnomasi imzolandi.
C)AQSH Sovet Ittifoqini tan oldi.
D)Turkiya Respublika deb e’lon qilindi.
27. Quyidagi qaysi din miloddan avvalgi I ming yillikda hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda vujudga kela boshlagan?
A) animizm B) zardushtiylik C) nasroniylik D) moniylik
28. Quyidagi qaysi hukmdorlar uchun jahonga mashhur maqbaralar bunyod etilgan?
A)Sin Shixuandi, Tutanxamon
B)Perikl, Tutanxamon
C)Xammurapi, Drakont
D)Chandragupta, Sin Shixuandi
29. Quyidagilardan XIX asrda yozilgan asarni toping.
A)"Abdullanoma"
B)"Bahr ul-asror"
C)"Gulshan ul-muluk"
D)"Xoqonga foydali maslahatlar"

30.Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar mos ravishda berilgan?

A)2, 3, 6
B)1, 4, 5
C)1, 3, 5
D)2, 4, 6

Test muallifi: DTM

Telegram kanal: @tarixolimpiada