“Korrupsiya sohasidagi qonunchilik yangiliklari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Korrupsiya sohasidagi qonunchilik yangiliklari” mavzusida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent harbiy prokuraturasi hamda Toshkent harbiy okrugi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminar davomida mutaxassislar tomonidan
Harbiy xizmatchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni muntazam ravishda yetkazib berish, kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligi yanada oshirish, bo‘linmada korrupsion holatlarni oldini olish, yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarni kafillikga olish tartiblari to‘g‘risida malumotlar berilib o‘tildi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilarga korrupsiyani oldini olishga qaratilgan, internet orqali pul tikiladigan turli o‘yinlarda ishtirok etish oqibatlari, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tayyorlangan video rolik namoyish etildi.