Toshkent viloyati yoshlari | Yoshlar ittifoqi
@toshkentyoshlar_yi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy sahifasi!
43 posts

"Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz" shiori ostida oʻtkazilgan muhtasham Yoshlar saylidan fotogalereya

Xalqimizning o'ziga xos an'analariga, milliy urf-odatlarimizga sodiq qolish, ularni targ'ib etish jamiyatimiz har bir a'zosining vazifasidir. Kuni kecha Toshkent viloyati Yoshlar markazida "Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz" shiori ostida tashkil etilgan yoshlar sayli butunlay o'zgacha ruhda o'tdi. Tadbir davomida milliy sport turlari bo'yicha musobaqalar, taqdirlash marosimlari bo'lib o'tdi, bahoriy kuy-qo'shiqlar yangrab, navro'z timsoli bo'lmish sumalak tayyorlandi. Shu bilan bir qatorda osh taomi tayyorlanib iftorlik dasturxoniga tortildi. Bolalar uchun tashkil etilgan o'yiungohlar ularning quvonchiga yanada quvonch qo'shdi. Qolaversa, harbiy chiqishlar va yosh, iste'dodli xonandalar tomonidan qo'shiqlar ijro etildi. Bayramning...

Kuch tuzilmalari o'rtasida “Aʼlo mamlakatning aʼlo farzandi bilib qoʻyginki, seni Vatan kutadi!” shiori ostida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi kubogi uchun “ZAKOVAT” intellektual oʻyini oʻtkazildi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalardagi harbiy qism harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Aʼlo mamlakatning aʼlo farzandlari bilib qoʻyginki, seni Vatan kutadi!” shiori ostida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi kubogi uchun “ZAKOVAT” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Mazkur musobaqa Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Umumxalq xayriya hasharida yoshlar faollik ko'rsatishda davom etmoqda (2-kun, fotoreportaj)  

Elimizda "Hashar - elga yarashar" degan naql bor. Darhaqiqat, jamiyatning har bir a'zosi o'zi yashaydigan hudud toza-ozodaligi uchun o'zida mas'uliyat his etishi ayni muddaodir. Xalqimizning o'ziga xos an'analaridan biri bo'lgan hamda uzoq yillardan buyon davom etib keladigan hashar marosimi bu yil ham 16-18-mart kunlari o'tkazilishi rejalashtirilib, Muborak Ramazon oyini munosib o'tkazish va atrof muhit tozaligiga hissa qo'shish nazarda tutilgan. Joylarda tashkil etilayotgan umumxalq hasharlarining ikkinchi kunida ham boshlang'ich tashkilot yetakchilari va ular bilan birgalikda faol yoshlar jonbozlik ko'rsatishmoqda.

Umumxalq xayriya hasharida boshlang'ich tashkilot yetakchilari va yoshlar faol ishtirok etmoqda

Elimizda "Hashar - elga yarashar" degan naql bor. Darhaqiqat, jamiyatning har bir a'zosi o'zi yashaydigan hudud toza-ozodaligi uchun o'zida mas'uliyat his etishi ayni muddaodir. Xalqimizning o'ziga xos an'analaridan biri bo'lgan hamda uzoq yillardan buyon davom etib keladigan hashar marosimi bu yil ham 16-17-18-mart kunlari o'tkazilishi belgilanib, Muborak Ramazon oyini munosib o'tkazish va atrof muhit tozaligiga hissa qo'shish nazarda tutilgan. Joylarda tashkil etilayotgan umumxalq hasharlarida boshlang'ich tashkilot yetakchilari va ular bilan birgalikda faol yoshlar jonbozlik ko'rsatishmoqda.

"Imkoniyati cheksiz"

"Imkoniyati cheklanganlarni jamiyatga kirishishi uchun har qancha harakat qilmaylik, agar jamiyat ularni qabul qilishni istamasa barchasi besamar bo'ladi"

Bo'stonliq tumanida joylashgan 99298-harbiy qismda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati Respublikamiz yoshlari orasida tobora ommalashib bormoqda. Ushbu harakat oʻz oldiga yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bir soʻz bilan aytganda, sadoqatli va bilimli oʻquvchi-yoshlarni “Vatan tayanchi” otryadi atrofiga birlashtirish kabi muhim maqsadlar yoʻlida faoliyat olib bormoqda. Bo‘stonliq tumanida joylashgan harbiy qismda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Yoshlar tashrif davomida harbiy xizmatchilarga davlat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning kunlik faoliyatlari bilan...

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi va viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik bo‘limi bilan hamkorlikda Jazoni ijro etish departamentining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi, Jazoni ijro etish departementi hamda viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 12-mart kuni viloyatdagi jazoni ijro etish koloniyalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan “Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi. Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi...

"Moliyaviy sektordan qiziqarli ma’lumotlar: mijozlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlar" mavzusida seminar trening bo'lib o'tdi

15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, German Sparkassenstiftung tashkiloti hamda Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda "Moliyaviy sektordan qiziqarli ma’lumotlar: mijozlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlar" mavzusida "Yoshlar markazi"da seminar-trening bo'lib o'tdi. 150 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan mazkur tadbirda loyiha hamkorlari, jumladan, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o'rinbosari Abdushukur Yangiyev, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini...

16-17-18 mart kunlari o'tkaziladigan umumxalq xayriya hashariga viloyatimiz yoshlari shay holatda  

Hashar - millatimizning o'ziga xos, uzoq asrlardan buyon davom etib keluvchi an'alaridan biri. Dono xalqimiz bejizga "Hashar - elga yarashar" deb ta'kidlamagan. Ayniqsa, ana shunday hasharlar yosh avlod bilan yanada go'zal tarzda o'tadi. Yurtimizda “Navro'z” bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, atrof-muhitni obodonlashtirish, sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 16-17-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Bekobod kasb-hunar maktabining faol yoshlari bilan birgalikda "O'zMetkombinat" AJ muzeyiga sayohat uyushtirildi  

Yoshlarning ta'lim olishida ma'naviy hordiq ham muhim ahamiyatga ega. O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Bekobod shahar kasb-hunar maktabi Boshlang'ich tashkiloti a'zolari hamda bir guruh faol yoshlar mazkur ta'lim muassasasining yetakchisi tashabbusi bilan "O'zMetkombinat" AJ muzeyiga tashrif buyurishdi. Manzilda bo'lgan 25 nafar o'quvchilar va ularga birlashtirilgan koordinatorlar ekskursiya davomida ushbu kombinatning tarixiy faoliyati, muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishib, o'zlari uchun qiziqarli ma'lumotlarni olishdi.