O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Mazkur memorandum Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi tizimida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, bosh boshqarmaning tizim tashkilotlaridagi Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Yetakchilar kengashi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Ushbu Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarni mazmun-mohiyatini tushintirish;
- yoshlarga oid siyosatining amalga oshirilishida korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan, oliy va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan Yoshlar Ittifoqining va kasaba uyushmalarining a’zolari bo‘lgan yoshlarning mehnat, sifatli ta’lim olish sohasidagi huquqlarini himoya qilish ularni kasaba uyushmalari a’zoligiga keng jalb etish, kasaba uyushma faollari safini yoshlar bilan to‘ldirish;
- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, ta’lim sifati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, davomadi, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, yoshlar muammolarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish;
- yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallashiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intelektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
- imkoniyati cheklangan hamda maxsus ehtiyojli yoshlarning inklyuziv ta’lim olishi, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlarnni qo‘llab-quvvatlash;
- yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
- yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstrermistik g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
- viloyat yoshlari o‘rtasida turizmni rivojlantirish, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshoatlarga tashrifini uyushtirish;
- yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishlari zarur sharoitlarni yaratib berish;
- yoshlarga tibbiy madaniyat, hususan, kasalliklardan himoyalanish yo’llarini keng tushintirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;
- yoshlar o‘rtasida ekalogiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targ‘ib etish orqali ularda ekalogik madaniyatni yuksaltirish, ekalogik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.