March 20

"Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz" shiori ostida oʻtkazilgan muhtasham Yoshlar saylidan fotogalereya

Xalqimizning o'ziga xos an'analariga, milliy urf-odatlarimizga sodiq qolish, ularni targ'ib etish jamiyatimiz har bir a'zosining vazifasidir. Kuni kecha Toshkent viloyati Yoshlar markazida "Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz" shiori ostida tashkil etilgan yoshlar sayli butunlay o'zgacha ruhda o'tdi. Tadbir davomida milliy sport turlari bo'yicha musobaqalar, taqdirlash marosimlari bo'lib o'tdi, bahoriy kuy-qo'shiqlar yangrab, navro'z timsoli bo'lmish sumalak tayyorlandi. Shu bilan bir qatorda osh taomi tayyorlanib iftorlik dasturxoniga tortildi. Bolalar uchun tashkil etilgan o'yiungohlar ularning quvonchiga yanada quvonch qo'shdi. Qolaversa, harbiy chiqishlar va yosh, iste'dodli xonandalar tomonidan qo'shiqlar ijro etildi. Bayramning kechki qismida esa qatnashchilar uchun shou-konsert dasturi bo'lib o'tdi. Bir so'z bilan aytganda mazkur sayl bahoriy ayyomga xos va mos tarzda o'tkazilib, ishtirokchi yoshlar va mehmonlar qalbiga ibr olam quvonch ulashdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Quyida ushbu tadbirdan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.