March 14

Bo'stonliq tumanida joylashgan 99298-harbiy qismda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati Respublikamiz yoshlari orasida tobora ommalashib bormoqda. Ushbu harakat oʻz oldiga yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, bir soʻz bilan aytganda, sadoqatli va bilimli oʻquvchi-yoshlarni “Vatan tayanchi” otryadi atrofiga birlashtirish kabi muhim maqsadlar yoʻlida faoliyat olib bormoqda.
Bo‘stonliq tumanida joylashgan harbiy qismda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Yoshlar tashrif davomida harbiy xizmatchilarga davlat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilarning kunlik faoliyatlari bilan yaqindan tanishishlari hamda “Komandir va yoshlar” uchrashuvi oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.