16-17-18 mart kunlari o'tkaziladigan umumxalq xayriya hashariga viloyatimiz yoshlari shay holatda
Hashar - millatimizning o'ziga xos, uzoq asrlardan buyon davom etib keluvchi an'alaridan biri. Dono xalqimiz bejizga "Hashar - elga yarashar" deb ta'kidlamagan. Ayniqsa, ana shunday hasharlar yosh avlod bilan yanada go'zal tarzda o'tadi.
Yurtimizda “Navro'z” bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, atrof-muhitni obodonlashtirish, sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 16-17-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Shu bilan bir qatorda, umumxalq hasharida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, respublika boʻylab mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish koʻzda tutilgan.
Bir so'zni ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, yaqinlashib kelayotgan mazkur umumxalq hashariga O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi, viloyatimizdagi 59 ta professional, 9 ta oliy ta'lim muassasalari hamda 47 ta korxona-tashkilotlardagi boshlang'ich tashkilot yetakchilari, koordinatorlar va ular bilan yakdil bo'lgan faol yoshlar birdamlikka bel bog'lab, Vatan obodligiga hissa qo'shish va ezgu an'analarni davom ettirish istagida shay holatdadirlar!