Kuch tuzilmalari o'rtasida “Aʼlo mamlakatning aʼlo farzandi bilib qoʻyginki, seni Vatan kutadi!” shiori ostida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi kubogi uchun “ZAKOVAT” intellektual oʻyini oʻtkazildi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalardagi harbiy qism harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Aʼlo mamlakatning aʼlo farzandlari bilib qoʻyginki, seni Vatan kutadi!” shiori ostida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi kubogi uchun “ZAKOVAT” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Mazkur musobaqa Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda 130 dan ortiq harbiy yoshlar mantiqiy savollar ustida aql maydonida o'zaro bellashishdi. Qizgʻin va murosasiz tarzda kechgan o'yinda berilgan savollar ishtirokchilarning aqliy salohiyatini yanada oshirishga, zehnini charxlashga beminnat xizmat qiladi.
🏆Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇1-o'rin –Jamoat xavfsizligi universitetining “Bumerang” jamoasiga;
🥈2-o‘rin –Mudofaa vazirligiga qarashli “Qalqon” jamoasiga;
🥉3-o‘rin – Mudofaa vazirligi Axborot-komunikatsiya va aloqa harbiy inistitutining “Bumerang” jamoasiga nasib etdi.