February 29

Bekobod shahar kasb-hunar maktabida harbiy vatanparvarlik tadbiri bo'lib o'tdi.

2024 yil 29-fevral kuni Bekobod shahar kasb-hunar maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylar faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Qurolli kuchlarda mavjud qurol-aslahalar, harbiy xizmatchilarning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlikda foydalanib kelayotgan o‘quv-moddiy bazalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Bekobod shahar sektor rahbarlari, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod shahar boʻlimi, Bekobod shahridagi harbiy qism qo‘mondonligi, Mudofaa ishlari bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar uchun Chirchiq gornizoni harbiy orkestr jamoasi tomonidan vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar ijrosi tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.